Jakartadagi avtosalon - minivenlar namoyişi uçun ayni muddao. Krossoverlarga bölgan qiziqiş Indoneziyani ham çetlab ötgani yöq. Jakartadagi avtosalonda (GIIAS) 40dan ziyod yangi maşina namoyiş etildi. Motor-şou iştirokçilari orasida - nufuzli premium rusumlar ham bor: Mercedes-Benz, Audi, BMW, Lexus va Volvo. Indoneziya – Janubi-Şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasining eng yirik avtomobil bozori. Jakarta dunyoning eng tirband şaharlari reytingi - TomTom'da uçinçi örinni egallaydi. Şu bilan birga Indoneziya bozorining öziga xos tomonlari ham bor - bu yerda minivenlar va yevropaça nuqtai nazardan qaraganda ğaroyib dizaynlarni yaxşi körişadi. GIIAS'ning asosiy taqdimotlari - Autonews fotojamlanmasida.
Toyota Voxy

Toyota Indoneziya bozorining uçdan bir qismini egallagan, uning Avanza'si esa bu yerdagi eng maşhur avtomobil. Kompaniya Jakartaga nisbatan yirik segmentda "öynaydigan" yana bir minivenni keltirdi — Voxy. Yetti örinli yangi miniven uzunligi - 4710, ğildirak bazasi esa - 2850 millimetr. Kapot ostida ikki litrli motor örnatilgan. Toyota bu avtomobilda yorqin avangard dizaynga urğu bergan, Voxy'dan avvalgi NAV1 minivenining körinişi u qadar közga taşlanmas edi.
Toyota Sienta Ezzy

Indoneziyalik xaridorlarning didi boşqa mamlakat xaridorlarinikidan ança farq qiladi - buning uçun Toyota Sienta'ga boqişning özi kifoya qiladi. Toyota Astra Motor (TAM) mahalliy distribyutorning dizaynerlik bölimi bu modelning dizayniga yanada noodatiylik bilan yondaşdi. Bamperlarga tom rangida işlov berilgan, maşinaning pastki qismidan kumuşrang hoşiya ötkazilgan, radiatorlar mayda tör bilan yopilib, ustidan tim qora tösiq bilan yopilgan. Ikki rangli Toyota Sienta Ezzy Jakartada TAM dizaynerlari imkoniyatlarini namoyiş etuvçi kontsept sifatida taqdim etildi.
Mitsubishi Xpander

Krossoverlar qator mamlakatlar kabi Indoneziyada ham urf bölmoqda. Yangi ixçam Mitsubishi Xpander agressiv körinişga ega. Uning intereri an'anaviy bölib, yetti kişini siğdira oladi. Kapot ostida 5 bosqiçli "mexanika" yoki 4 bosqiçli "avtomat" bilan uyğunlaşgan 1,5 litrli atmosfernik yaşirin.













