Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Taşqi savdo vaziri Elyor Ğaniyevga örinbosar tayinladi.

«Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3222-son qaroriga muvofiq Sohib Ismoiloviç Saifnazarov Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimiga tayinlandi, şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi raisi örinbosari lavozimidan ozod etildi», deyilgan xabarda.

Eslatib ötamiz, şu yilning aprelida Özbekiston Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Özbekiston Taşqi savdo vazirligi etib qayta taşkil etilgandi. 

Biroz avvalroq Şavkat Obidjonoviç Tölaganov Taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimidan ozod etilib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.