Samsung kompaniyasi 2016 yilning iyul oyida Artel işlab çiqariş bazalarida Samsung brendi ostidagi sovutgiçlarni işlab çiqarişni keng kölamda yölga qöydi.

Bunday keng kölamli loyihani işlab çiqiş va yölga qöyiş Artel kompaniyasining tajribali mutaxassislari hamda “Samsung Electronics” kompaniyasining ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oşirildi.

Özbekistonda Samsung sovutgiçlarini işlab çiqarişda Artel zavodlarining tanlanişi bejiz emas. Artel zavodlarida zamonaviy asbob-uskunalar va tajribaviy iqlim laboratoriyalarining borligi, Samsung kabi jahon gigantining yuqori norma va standartlariga mos keluvçi mahsulotlarni işlab çiqarişga yaxşi asos böladi. Ta'kidlab ötiş lozimki, Artel mahsulotlarini işlab çiqariş jarayonida sifatni qattiq nazorat qiliş yölga qöyilgan bölib, bu jarayon xatto kiçik kamçiliklarni topa olişga qodir. Bu esa öz örnida işlab çiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini ta'minlaydi.

Hozirgi paytda Samsung sovutgiçlarining hajmi 290 va 320 litr bölgan 4 ta modelini işlab çiqariş özlaştirilgan. Bu modellar iste'molçilarning xohişi va talabidan kelib çiqilgan holda konfiguratsiyasi va muzlatiş kamerasining joylaşuvi bilan farqlanadi. Barça sovutgiçlar qator foydali işlanmalarga ega bölib A+ energosamaradorlikning yuqori sinfiga kiradi. Samsung sovutgiçlarida qöllanilayotgan sönggi texnologik işlanmalar orasida Multi Air Flow köp oqimli sovutiş tizimiga töxtalib ötiş lozim.

Samsung sovutgiçlarida Multi Air Flow zamonaviy köp oqimli tizimidan foydalaniladi, u sovuq havoni barça bölimlar örtasida tez hamda bir hajmda taqsimlaş imkonini beradi. Şu tufayli sovutgiçdagi har bir mahsulot kerakli nam va sovuq miqdori bilan ta'minlanadi, bu esa mahsulotlaringiz yangi holda, uzoq vaqt davomida saqlanişini kafolatlaydi. Samsung muzlatgiçlari elektr tarmoqdagi özgarişlarga bardoşli bölib, bosim 187 volt bölganda ham işlaşi mumkin.

Yaqin ötmişda har bir uy bekasi albatta har oy sovutgiçni eritişi lozim edi. Bu oğir va maşaqqatli jarayon bölib, u uy bekalarining dam oliş kunining yarmini qamrab olardi. Biroq endi barçasi No Frost tizimining paydo bölişi bilan özgardi, u tufayli muzlatiş kamerasi devorlarida muzli “pöstinlar” paydo bölmaydi, sovutgiç qismida esa havo aylanişi mos haroratga keltiriladi va bunda mahsulotlar yangi hamda vitaminlarga boy holda saqlanadi.