Özbekiston Matbuot va axborot agentligida “Yoşlarimiz-kelajak poydevori” mavzuida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi hamkorligida oçiq muloqot bölib ötdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan Kun.Uz muxbiri xabar bermoqda.
Mamlakatimizda yoşlarni vatanparvarlik, milliy an'ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, ma'naviy yetuk va jismonan soğlom barkamol avlodni voyaga yetkaziş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida katta işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, naşriyotlar, matbaa korxonalari, internet naşrlarida faoliyat körsatayotgan yoşlarni doim qöllab-quvvatlaşni öz oldiga asosiy vazifa etib belgilagan.
Agentlik tizimida işlayotgan 30 yoşgaça bölgan yoş kadrlarning umumiy soni hozirda 320 nafarni taşkil etadi. Özbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida noşirlik, işlab çiqariş bilan boğliq bölgan işlarda faoliyat körsatayotgan aksariyat yoşlar, mamlakatimizning yetakçi oliy öquv yurtlarida tahsil olgan.
Anjumanda Agentlikda yoşlar bilan işlaş böyiça alohida işçi guruh şakllantiriş kerakligi, mazkur işçi guruh tizimda faoliyat körsatayotgan yoşlar muammolarini örganiş, ularga amaliy yordam beriş, huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ijtimoiy himoyaga muhtoj bölgan yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan doimiy ravişda takliflar tayyorlab kiritiş çoralarini köriş yuzasidan kelişib olindi.

Oçiq muloqotda Respublikamiz davriy naşrlarida yoşlar mavzularni yoritişning öziga xos jihatlari, Agentlik markaziy apparati, tizimdagi korxona va taşkilotlarda kasaba uyuşmalari tomonidan rejalaştirilayotgan tadbirlar hamda markaziy apparat tizimda boşlanğiç taşkilotlarni taşkil etiş, ularni doimiy ravişda rağbatlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston matbuot va axborot agentligi xodimi Jamşid Nabiyev Özbekiston yoşlar ittifoqining Agentlik qoşida oçilgan boşlanğiç taşkiloti yetakçisi etib tayinlandi.












