2017 yil 18 avgust kuni “Özbekiston havo yöllari” Milliy aviakompaniyasida Havo floti kuni hamda yangi Boing 767 samolyoti Full-flight-simulyatorining işga tuşirilişi munosabati bilan tadbir taşkil etildi.

Kun.uz muxbiri Boing 767 samolyoti Full-flight-simulyatori bilan tanişib, yangi trenajyordagi maşq jarayonini kuzatişga muvaffaq böldi. Mazkur qurilma olti tomonlama erkin harakatlanuvçi platformaga örnatilgan, uning oğirligi 13 tonnani taşkil etadi.


Boeing 767 Full-flight simulyatorida taşkil etilgan parvoz vaqtida “Özbekiston havo yöllari” MAK uçuvçilari turli noodatiy holatlarni ham yerda, ham havoda sinab körişdi.
Trenajyor majmuasida örnatilgan simulyatorlar orqali uçuvçilar öz mahoratlarini yana bir bor sinovdan ötkazişadi. Jahon sanoat standartlari asosida işlab çiqilgan vizual tizim uçuvçilarga nostandart va murakkab vaziyatlarni maşq qilişga yordam beradi. Kompyuter tizimiga örnatilgan aeroportlarning ma'lumotlar bazasi bilan yer şarining istalgan nuqtasiga parvoz qiliş mumkin.


“Özbekiston havo yöllari” öquv-maşq markazining texnik ta'minlanişi Milliy aviakompaniyaga, nafaqat öz uçuvçi tarkibining trenajyor tayyorgarligini amalga oşiriş, balki xorijiy aviakompaniyalarga ham bu borada öz xizmatlarini taklif etiş imkonini beradi.


Boeing 767 Full-flight simulyatoridagi parvozni quyidagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin:










