«Özbekkino» milliy agentligi boş direktori Otabek Musayev lavozimidan ozod etildi. Bu Uzbekistan24 telekanali saytida ma'lum qilindi.
Endilikda Furqat Zokirov «Özbekkino»ning yangi rahbari etib tayinlangan. U şu vaqtgaça Özbekiston Ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasiga direktorlik qilib kelayotgandi.
Furqat Zokirov «Toşkent» teleradiokanali direktori, keyin «Toşkent» radiosi buyiça örinbosar bölib işlagan.

Otabek Musayev 2016 yilning yanvarida Ahmadjon Umarov örniga «Özbekkino»ga rahbar etib tayinlangandi.

Şuningdek, «Jahon adabiyoti» jurnali boş muharriri, taniqli dramaturg Şuhrat Rizayev «Özbekkino» milliy agentligi boş direktorining ijodiy masalalar böyiça örinbosari böldi.

Iqtisodiy masalalar böyiça örinbosar Nizomiy Jalolov öz lavozimida qolgan.







