Özbekistonda yaqinlaşib kelayotgan eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami şukuhi kezib yuribdi. Qutluğ kunlar arafasida şahar aholisini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta'minlaş maqsadida Andijon şahrida “Ona  yer saxovati” yarmarkalari iş boşladi.

Şaharning 12 ta hududida oçilgan yarmarkalar  arzon narxda 32 xil turdagi qişloq höjaligi va oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiladi. Bundan taşqari, barça pavilonlarda öquv yili oldidan “Maktab bozorlari” taşkil qilingan. Yarmarka joylaşgan hududlar çiroyli tarzda bezatilgan bölib, oqşom tuşganida savdo şaxobçalari atrofi sayilga aylanmoqda.      

Oltinköl tuman mirişkorlari şaharning 1-kiçik dahasida ana şunday yarmarka taşkil etib, şaharliklarga özlari yetiştirgan poliz, sabzovot, baliq va göşt singari qişloq xöjaligi mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib bermoqda.

– Savdo şoxobçalarimizda dehqonlarimiz tomonidan taqdim qilingan sara qişloq xöjalik mahsulotlari sotilmoqda, – deydi Oltinköl tuman hokimi örinbosari Alijon Şaripov. Bayram dasturxoni tökin bölişini ta'minlaş maqsadida mahsulotlarimiz bozordagiga nisbatan arzon narxlarda sotilmoqda. Yaratilgan bunday qulaylikdan şahar aholisi behad mamnun bölayotir.

Taşkil etilgan yarmarkaga viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov taşrif buyurib, aholi vakillari bilan suhbatlaşdi va ular uçun savdo şaxobçalarida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.