Yuqoriçirçiq tumanida istiqomat qiluvçi Muxlisa Şamsiddinova (ism-şariflari özgartirilgan) tuman gaz idorasi nazoratçisi lavozimidagi faoliyati davomida mahallalarda işlatilgan gaz haqini undirib yurib, firibgarlikka qöl urdi, deb xabar bermoqda Toşkent viloyati IIB.

U Yuqoriçirçiq tumanida yaşovçi, uy bekasi, 1976 yilda tuğilgan Aida Olloberganovaning işonçini suiiste'mol qilib, «gaz idorasidan qarzingizni tölab beraman» – deb aldab, undan bir dona 2,5 gramm bölgan tilla bilak uzugini olib, şu kunga qadar qaytarib bermagan.

Hozirda unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.