Ayni kunlarda Germaniyaning Kyoln şahrida ötkazilayotgan "Gamescom show​" tadbiri davomida Microsoft​ kompaniyasi yangi XBox One X’​ning sotuvga çiqarilişga oid rasmiy ma'lumotlarni taqdim etdi. Töliq 4K formatda tasvir uzatuvçi yangi öyin uskunasi 499 AQŞ dollari narxida joriy yil 7 noyabrdan sotuvda paydo böladi. Ayni paytda geymerlar XBox uçun oldindan buyurtma beriş imkoniyatiga ega.

Çeklangan miqdorda sotuvga çiqarilayotgan XBox One X Project Scorpio Edition​ yangi imkoniyat va funksiyalar bilan boyitilgan bölib, 1 terabayt xotiraga ega. Microsoft​ vakillarining ta'kidlaşiça, Scorpio turkumidagi öyin uskunasi kam sonda çiqariladigan maxsus brendga aylanib qoladi.

Hozirça uşbu gadjyetni Amazon, Best buy, GameStop, Microsoft, Target​ va Walmart saytlaridan buyurtma orqali sotib oliş mumkin.