​Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 3 avgust kuni Özbekiston ijodkor ziyolilari  bilan bölib ötgan uçraşuvda «Özbekkonsert» davlat muassasasi huzurida «Özbekiston xalq artistlari klubi»ni taşkil etiş böyiça taklif bildirgandi. Oradan biroz fursat ötib, «Özbekiston xalq artistlari klubi» taşkil etilib, birinçi taşkiliy yiğilişini ötkazdi hamda klubning viloyatlardagi faoliyati ham yölga qöyildi.

«Özbekkonsert» vakilining KUN.UZ naşriga xabar berişiça, Farğona vodiysida Ilhom Ibragimov klub faoliyatini muvofiqlaştirib boradi. Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi san'atkorlarni birlaştirib turuvçi klub faoliyatini Mardon Mavlonov boşqaradi. Respublika miqyosida taşkil etilgan «Özbekiston xalq artistlari klubi»​ga esa Farrux Zokirov boş etib tayinlandi.

Manbaning aytişiça, klub a'zolari ikki oyda bir marta yiğiliş ötkazadi. Şu örinda ta'kidlaş joizki, klubning birinçi yiğilişi joriy yilning 17 avgust kuni ötkazilgan. 

«Özbekiston xalq artistlari klubi»​ning asosiy maqsadi mamlakatimizda milliy estrada san'atini rivojlantiriş, ijodkorlarga boşçilik qiliş, öz faoliyati bilan yoşlarga örnak böliş, bilim va tajribalarini yoşlarga örgatişdan iborat. Şuningdek, klub a'zolari milliy estrada san'atini har qanday begona ta'sirlardan, ayniqsa, endigina voyaga yetib kelayotgan yoş iste'dod sohiblarini ommaviy madaniyat ruhidagi oqimlar ta'siridan himoya qiliş, mazmunsiz, saviyasi past kuy-ohanglar va qöşiqlarning paydo bölişini oldini olişdek vazifani öz oldiga qöygan.