Rossiya prezidenti Vladimir Putin özbekistonlik san’atkorlar Farrux Zokirov va Sevara Nazarxonni mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi.
Hujjat Rossiya Federatsiyasi normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi.
Har ikki ijroçi özbek va rus madaniyatini yaqinlaştiriş va boyitişga qöşgan hissasi uçun «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangan.
«Döstlik» ordeni 1994 yil bahorida ta’sis etilgan bölib, u Rossiya va çet el fuqarolariga xalqlar örtasidagi döstlik va özaro hamjihatlikni mustahkamlaşdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uçun beriladi.
Bundan oldin rossiyalik aktyor va rejissyor Özbekistonning «Döstlik» ordeni bilan taqdirlangandi.











