Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirov Kun.uz'ga bergan intervyusida ijodiy faoliyatidagi eng oğir davrlar, taqiq ostidagi yillari, davlat rahbari hamda birinçi xonim bilan boğliq xotiralari, ijodiga otasi Karim Zokiriy bergan baho va oilasi haqida samimiy gapirdi. Xonanda ayrim paytlar tuğilgan kunini “yiğlab-yiğlab” ötkazganini, biroq xalq mehri uni yana sahnaga qaytarganini aytadi.
“Bu ham sinov ekan. Elakdan ötganlar san’atda şeryurak böladi”
Farrux Zokirov ijodkor uçun taqiq — xalq tilidagi “zapret” qançalik oğriqli ekanini eslar ekan, şunday dedi:
— Endi buni ham köriş kerak ekan. Tatib köriş kerak, his qiliş kerak. Bu ham sinov. Şunaqangi şe’r yozib berdilar Mahmud Toir, “Yalla”ga bağişlov sifatida. Qarang, tört qatorning özida bitta afsona:
Ellik beş yil elak böldi,
Ellik beş ming tilak böldi.
Bu elakdan öta olganlar
San’atda şeryurak böldi.
“Men vazirlikdan ketib, xalqim va ijodimga qaytişni söradim”
“Öşa paytda sizning hamkasblaringiz bilan muloqot bölganmi? Hol-ahvol söraşdimi sizdan? Yoki siz ular bilan yiğilib, “meni taqiqdan olinglar, men ijod qilmoqçiman, menga erkinlik kerak”, deya olganmisiz, Farrux aka?” - degan savolga quyidagiça javob qaytardi suhbatdoşimiz.
— Yöq. Bir şunaqa bölgan, mana, vazirlikda işladik. Ozgina bölsa ham vazir ham böldik. Men öylagan edimki, öşa paytda mening foydam tegarmikan, men teatrda ösganman, san’at olamida ösganman. Endi öşa paytlarda yöq, bu narsa kerak emas ekan. Bu haligi tizim, ertalab rahbariyatdan keladigan qoğoz, kun böyi öşa bilan ovoragarçilik. Endi töğri tuşuning. Madaniyat bilan sportni birlaştirişdi. Orada böldi. Esingizda bormi? Mana şu fursatdan foydalanib men aytdimki: “iltimos, keling, men xalqimga, ijodimga qaytay”. Ismlarini aytmay, yaxşi ham yaxşilik bilan men şu yerdan ketdim men, vazirlikdan. Men aytdimki: “Iltimos, men sahnada köproq foyda keltiraman”. Nima deydi, u joydan ketişning özi ham bölmaydi endi, bilasiz-u, bunaqa protokollar. Öşanda boşdan ötkazdik. Bu ham kerak, bu ham, haligi aytganimdek, bu hammasi sinov. Bu haligi aytganimdek elak. Bu elakdan ötdik.

“Prezidentimiz san’atimizning muxlisi. Bunga milliardlar ham yetmaydi”
Qahramonimiz suhbat davomida davlat rahbari bilan boğliq xotiralarni his-hayajon bilan esladi. Farrux Zokirovning aytişiça, davlat rahbari bilan munosabatlari uzoq yillardan beri davom etadi. Ayniqsa, 70 yillik yubileyidagi taşrifni xonanda katta hayajon bilan esladi. Uning aytişiça, dastlab yarim soatga rejalaştirilgan uçraşuv bir yarim soat davom etgan.
“Prezidentimiz bizning san’atimizning muxlisi. Bunga nima yetsin? Buni milliardlarga ham sotib olib bölmaydi”, - dedi san’atkor. Xonanda ayrim qiyin davrlarda aynan şunday e’tibor va qöllab-quvvatlaş uni ruhlantirganini ta’kidladi.

“Baxt bor edi, lekin yiğlab nişonlagan kunlar ham bölgan”
Farrux Zokirov davlat rahbari tilga olgan oğir davrlarni ham esladi.
Uning aytişiça, hayot doimo “silliq” bölmagan. Ba’zi tuğilgan kunlar quvonç bilan emas, içki oğriqlar bilan ötgan. Şunga qaramay, san’atkor bunday sinovlarni hayot maktabi deb bilişini aytdi. “Xalq nazari boşqa narsa. Demak, qilgan xizmatlarimiz bekor ketmagan”, - dedi u.
“Birinçi xonimdagi nafosat özbek ayolining timsoli”
— Muxlislaringiz orasida birinçi xonim Ziroat Mirziyoyeva ham bor ekanlar. Ya’ni ular ham sizning qöşiqlaringizni maroq bilan eşitarkanlar. Birinçi xonim haqida ham bir fikrlaringiz bölsa, yaxşi bölardi.
— Kelinoyimiz. Endi, avvalambor, sir bölmasa kerak, men şunday baxtga ega bölganmanki, muloqotda böliş, bunaqangi oliyjanoblik… Qarang, men öşa qöşiqlarimda ifodalaşga harakat qilaman, bizning özbek ayollarining bir eng gözallik tomonlari mana kelinoyimizda bor.
Nafozat, gözallik, odob. Şu özlarining şunday bir qarab turişlarida qanaqangi mehr bor, qandaydir gözallik bor. Şuning uçun hali aytyabman-u, men butun dunyo böylab yuraman, bizning özbek ayoli, ayniqsa men bir narsani yana öşanga urğu beramanki, farqi yöq, özbekmi, armanmi, rusmi, qirğizmi, özbekistonlik ayollar bir boşqaça-da.
“Otam tanqid qilmaganining özi katta baho edi”
Farrux Zokirov otasi Karim Zokirov bilan boğliq xotiralarni ham esladi. Uning aytişiça, otasi qöşiqlarni köp maqtamagan, lekin tanqid qilmasligining özi katta e’tirof hisoblangan. Ayniqsa, “Ğayra-ğayra” qöşiğidan keyingi “Yomon emas, yaxşi, öğlim” degan gap xonanda uçun unutilmas baho bölib qolgan. “Yalla” diniy qöşiq deb tanqid qilingan paytlar ham bölgan”
San’atkor sovet davridagi bosimlarni ham esladi. U 1985-yillarda markaziy matbuotda “Yalla” ansambli diniy yönalişga yaqinlikda ayblangan. Biroq keyinçalik tarixçilar va musiqaşunoslar “Yalla” nomining ildizi xalq oğzaki ijodi va “Yo Alloh” iboralari bilan boğliq ekanini aytgan. “Demak, buning tarixiy asosi bor ekan”, - deydi Farrux Zokirov.

“Seni taşlab ketganim yolğon, öğlim”
Intervyumizning eng ta’sirli qismlaridan biri “Öğlim” qöşiği haqida böldi. Farrux Zokirovning aytişiça, bu qöşiqning yaratilişida marhum Muhammad Yusufning hissasi katta bölgan.
— Alloh rahmat etsin, Muhammad Yusufning oldiga borganmiz, uçraşib, keyin men aytdimki, bir fikr bor, mana, suhbatlaşsak, maslahatlaşsak, şu “Erkak allasi” bölarmikin? Şuni çiqarsa bölarmikin? Bir mahalda özgarib qoldi Muhammad Yusuf, Alloh rahmat etsin. Qizardi-da, “Farrux aka, uzr, hozir kelaman”, deb çiqib ketdi. Bir ön minutça yöq. Keyin kirib, qaytib kirib keldi-da, közlari qizarib ketgan. “Eh, Farrux aka, mening boşimdan ötgan narsa”. Endi birinçi oila bölmasdan, bunaqa-bunaqa bölgan deb, menga şe’r berganlar öşa kuni. Qalbimning şunaqangi nozik joyiga tegdi. Keyin öşa şe’rni menga berganlar.
Öksimagin, jon öğlim, arslon öğlim.
Seni taşlab ketganim yolğon, öğlim.
“Jamşid ukamni hammadan köp maqtaşardi”
Mendan keyingi ukam rahmatli Jamşid. Ajoyib inson: kamtarin, şunaqangi mehribon, hali aytişadi-yu, “qöyning oğzidan çöp olmaydigan” insonlardan biri Jamşid ukam, deya Özbekistonda xizmat körsatgan artist, kino va teatr aktyori rahmatli Jamşid Zokirov haqida esladi.
— Qayerga bormaylik, mana, qarindoşlarga, Qöqongami, u-bu yerlarga borganimizda, “Karim aka, Jamşid öğlingiz boşqaça-da”, deyişardi. Yuvoş bölgan, mehribon bölgan, sal dadamga ham köproq öxşab ketardi. Men, masalan, oyimga köproq öxşayman. Şu men uçun haligi raşk emas, men ham şu harakat qilardimki, menga ham şunaqa deyişsa. Endi boşqaça hazil ham qilişardi. Masalan, endi bir tasavvur qiling, buyuk Halima Nosirova, buyuk Tamaraxonim, Mukarrama Turğunboyeva… Endi dadam bilan ular aka-ukaday, opa-singilday, mana şunaqa. Juda ham bularning munosabatiga, bularning muomalasiga havas qiladigan, bu ham bir maktab edi. Masalan, men endi kiçkinaman, “Karim aka, buningiz boşqaçaroq-a, sariğroq-a?” deb. Endi hazil, öşaning orasida balkim duolar bölganmi… Endi aytyabman-ku, şunaqangi buyuk insonlarning duosini, suhbatini, maslahatini olganmiz.

“San’atdagi eng katta mukofot — xalqning muhabbati”
Intervyu davomida Farrux Zokirov bir neça bor xalq mehrini eng katta boylik deb ta’kidladi. San’atkorning aytişiça, mukofotlar, unvonlar yoki mansablardan ham muhimroği — xalqning qalbidan joy olişdir. “Buni heç qanday boylik bilan sotib olib bölmaydi”, - dedi u.
















