Özbekiston va Qirğiziston yetkazib beriladigan mahsulotlar röyxatini kengaytirmoqçi. Bu haqida Özbekistonning Qirğizistondagi favqulodda va muxtor elçisi Komil Raşidovning konferensiyadagi bayonotiga asoslanib, 24kg xabar berdi. 

"Prezidentlarning siyosiy irodasi tufayli tomonlar muammolar yeçimini topişmoqda. Muntazam siyosiy muloqot öz mahsullarini bermoqda. Qirğiz-özbek munosabatlari tarixida birinçi marta idoralararo komissiya yiğilişi boş vazirlar darajasida ötkazildi. Avval ularni boş vazirlarning birinçi örinbosarlari boşqarişgan", - dedi Komil Raşidov. 

Uning sözlariga köra, tomonlar tovar ayirboşlaşni oşirişga kelişib olişgan. Özbekiston Qirğizistonga avtomobil, qişloq xöjaligi texnikasi, öğit, maişiy texnika, töqimaçilik va quriliş materiallari yetkazib berişga tayyor. Qirğiziston esa, öz örnida kömir, göşt, sut, meva va sabzavot, trikotaj mahsulotlarini taklif qildi.

Ta'kidlaş joizki, 16 avgust kuni Bişkek şahrida ikki tomonlama hamkorlik, çegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasi böyiça hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi. Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Qirğiziston rahbariyati bilan qator uçraşuvlar ötkazdi.