Senegal Qatardagi elçisini qaytardi, deya ma'lum qildi Qatar TIV matbuot kotibi Ahmad bin Said Ar-Ramixiy özining Twitter sahifasida.
QNA agentligining xabar berişiça, Qatar amiri Şayx Taim bin Hamad At-Taniy va Senegal prezidenti Maki Sall örtasidagi telefon muloqotidan keyin şunga qaror qilingan.
Manbaga köra, tomonlar şuningdek ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşga kelişib olişgan.
Senegal elçisi Körfazdagi mojaro boşlangandan keyin maslahatlaşuv uçun çaqirilgan.
5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviya, Maldiv va Mavrikiy respublikalari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uziş haqida e'lon qilişgandi. Bu qadam amirlikning terrorizm va ekstremistik ğoyalarni qöllab-quvvatlaşi bilan izohlangan.
Keyinroq bu mamlakatlar qatoriga Mavritaniya va Komor orollari ham qöşilgan, Iordaniya va Jibuti esa diplomatik vakolatxonalar darajasini pasaytirişgan.
Arab mamlakatlari Dohaga 13 punktdan iborat talablar tuşirilgan röyxatni yöllaşdi va ularning 10 kun içida bajarilişi kerakligi, aks holda sanksiyalar öz kuçida qolişini ta'kidlaşdi.
Qatar tomon bu talablarni bajarib bölmasligini aytdi.








