AQŞ prezidenti Donald Trampning OAVlariga vaqti-vaqti bilan xurujlari tanqidga uçragan telekanallar va naşrlar biznesi uçun foydali bölmoqda. Bu haqda CNN International rahbari Toni Maddoks şunday fikr bildirdi, deb yozmoqda Hollywood Reporter.
«Agar siz Tramp asosan CNN, The New York Times, The Washington Post, Saturday Night Live...kabilarni tanqid qilayotganini körsangiz — [uşbu OAVning har biri] tomoşalar soni ortgani, savdolar köpayganiga erişgan», — degan Maddoks.

Uning sözlariga köra, agar Tramp kimnidir «feyk (soxta) yangiliklar» deb atasa, bu uning uçun «dunyo oxir» bölganini anglatmaydi. Maddoksning qöşimça qilişiça, Amerika prezidenti va CNN örtasidagi janjallardan söng, telekanal reytingi rekord darajaga yetgan.
«U biznes uçun foydali», — deb xulosa qilgan CNN International.
Avvalroq, AQŞ Kongressi Trampning CNN telekanaliga bosimini örganişga çaqirgan edi.








