Özbekistonda yangidan, Özbekiston futbol federatsiyasidan boşqa, aytaylik, «Özbekiston milliy futbol federatsiyasi» tuzib, aynan şu yangi taşkilotni yurtimizda futbolni rivojlantiriş uçun FIFAga a'zo organ qilişga fursat yetib kelgan, şekilli.

Bu qanday bedodlik böldiki, ÖFF xodimlari «futbol — muxlislarniki» deya, muammolarni yozib çiqqan jurnalistlarni odam örnida körmay, qöştirnoq içiga olib yozib, esi past, nodon deb haqorat qilsa?!

Milliy terma jamoaning boş murabbiyi Xalqaro press-klubda ötgan sessiyani inkor etib, jurnalistlar bilan uçraşuvdan qoçsa?!

Rahbarlar haqida-ku, endi umuman gapirib ötirişning hojati yöq. Jurnalistlarni salkam xalq duşmaniga çiqarib yuborgan edi. (Töğri, keçirim söraldi va biz bu keçirimni qabul qilganmiz).

Ammo ayrim xodimlarda munosabat özgarişsiz, şunisi bizni taşvişlantirayapti.

Özbekiston Futbol federatsiyasi xalqaro bölimi xodimi Şerzod Igamberdiyev özining «Feysbuk» ijtimoiy tarmoğida joylaştirgan postida özbek futbol jurnalistlarini qişloqi, va esi past, deya haqorat qildi:

«Qatarlik esi past murabbiylar Turkmanistonga qarşi keçagi uçraşuvni yopiq eşiklar ortida ötkazişga qaror qilişibdi. Bizning mahalliy qişloqi «jurnalist»larimizdan farqli ölaroq, ular futbolda baloni ham tuşunmaydi», — deb post yozgan ÖFF xodimi.

Töğri, u postida qatarlik murabbiylarni esi past, deb atamoqda. Lekin mantiqan fikr yuritilsa, Qatar-Turkmaniston öyinini yopiq eşiklar ortida ötkazgan qatarlik murabbiylar, binobarin Özbekiston-Qirğiziston öyinini ham yopiq eşiklar ortida, muxlislarsiz ötkazayotgan Özbekiston terma jamoasi murabbiylari ştabi esi past böla olmaydi, demak, esi past deb qöştirnoq içiga olingan jurnalistlarga nisbat berilmoqda.

Ş.Igamberdiyev avval ham yurtimizdagi futbol jurnalistlari bilan ziddiyatga borib qolgan edi. Avval terma jamoamiz himoyaçisi Vitaliy Denisov öz intervyularidan birida ayrim jurnalistlarni noprofessionallikda ayblaganida va unga jurnalistlar e'tiroz bildirganida Denisovning yonini olib, jurnalistlarga taşlangan edi.

Keyinroq jurnalistlar FIFAning rasmiy saytida çiqqan ma'lumotga tayanib, Özbekiston MTJ 6 iyun kuni Tailandga qarşi örtoqlik öyini ötkazilişi, Eron bilan uçraşuv oldidan notöğri raqib tanlangani haqida mulohaza bildirişgan edi.