Özbekiston Futbol federatsiyasi xalqaro bölimi xodimi Şerzod Igamberdiyev «Feysbuk» ijtimoiy tarmoğida joylaştirgan postida özbek futbol jurnalistlarini qişloqi, deb haqorat qildi.

Turkmaniston va Qatar terma jamoalari yopiq eşiklar ortida uçraşuv ötkazgani haqidagi xabardan iqtibos keltirar ekan, u şunday kinoya qilgan:

«Qatarlik nodon murabbiylar Turkmanistonga qarşi keçagi uçraşuvni yopiq eşiklar ortida ötkazişga qaror qilişibdi. Bizning mahalliy qişloqi «jurnalist»larimizdan farqli ölaroq, ular futbolda baloni ham tuşunmaydi», — deb post yozgan ÖFF xodimi.

Ş.Igamberdiyev avval ham futbol jurnalistlari FIFAdagi ma'lumotga tayanib, Özbekiston MTJ Tailandga qarşi örtoqlik öyini ötkazilişi haqida xabar berganida, bu xabarni yolğon, tekşirilmagan, deya ularni professional emaslikda ayblab, ijtimoiy tarmoqda tortişgani bilan maşhur bölgan edi. Alal-oqibatda Özbekiston aytilgan muddat — 6 iyun kuni Toşkentda Tailand bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazgandi.

Post muallifining «jurnalist» sözining qöştirnoqqa olişi u hamon futbol jurnalistlarimizni jurnalist emas, deb hisoblaşidan darak berib turibdi. Lekin Toşkentda yaşab, faoliyat körsatayotgan, umummilliy ahamiyatga ega taşkilotda işlayotgan xodimning «qişloqi» sözini işlatişi heç bir qolipga töğri kelmasligi bor gap.

Eslatib ötamiz, Özbekiston va Qirğiziston terma jamoalari örtasida ertaga «Bunyodkor» stadionida bölib ötadigan uçraşuv yopiq eşiklar ortida bölişi ma'lum bölgaç, bir qator futbol jurnalistlari bu muxlislar manfaatiga zid holat ekanligini ta'kidlab çiqişlar qilişgan edi. 

ÖFF rasmiy sayti uçraşuvning bunday maqomda ötkazilayotgani FIFA talablari asosida, rahbariyat qarori bilan amalga oşirganini ta'kidlab ötgan.