Amerikalik yozuvçi Mark Tvenning Konnektikut ştatidagi fermasi sotuvga qöyildi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
Jean's Farm fermasi hududi 7 gektardan biroz köproqni taşkil qiladi. U 1860 yilda qurilgan. Yozuvçi uni kiçik qizi Jyeyn uçun xarid qilgan.
Fermadagi 339 kvadrat metr maydonga ega boş uyda 5 ta yotoqxona va 4 ta vannaxona bor. Ayni vaqtda uy va uning atrofidagi hudud restavratsiya qilingan.
Ferma narxi 1,85 mln dollarni taşkil qiladi.














