Ikki hududda noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi
Toshkent shahri va Xorazm viloyatida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Yangibozor tumani “Yangiyop” MFYdagi xonadonda yashovchi J.T. o‘z uyida 2 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 321 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, “Namuna” MFYdagi xonadonda yashovchi O.Sh. o‘z uyida mayning kripto-aktivlari qurilmasini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 65,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
17:53 / 08.10.2024
AQShda rezavor mevalar yetishtiruvchi vertikal ferma tashkil etildi
09:46 / 13.06.2024
Toshkent va Andijonda mayning ferma tashkil etgan xonadonlar aniqlandi
07:46 / 20.04.2024
Yashash xonadonida noqonuniy mayning ferma tashkil etgan shaxs ushlandi
13:20 / 28.03.2024