Germaniya çempionatida 2-tur doirasida 5ta uçraşuv yakunlandi.
«Bavariya» bu turda «Verder» maydoniga safar qildi. Bremendagi «Vezerştadion» keçgan uçraşuv myunxenliklar jamoasining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinning 72-daqiqasida Kingsli Koman himoyaçini aldab ötib, töpni raqib darvozasining uzoq burçagi tomon yölladi. Töpga Robert Levandovski yetib kelib, darvozabonni doğda qoldirdi. Uç daqiqa ötib Levandovski «Verder» himoyaçilarini aldab ötdi va çap oyoğida zarba berib, ikkinçi golni urdi.
Turning markaziy bahsida «Bayyer» «Hoffenxaym» bilan töqnaşdi. Leverkuzendagi «Bay-Arena» stadionida keçgan uçraşuvda ğolib aniqlanmadi - 2:2.
Mezbonlar safida Karim Bellarabi va Vendell bittadan gol urişdi, mehmonlarning gollariga Andrey Kramariç va Mark Ut mualliflik qilişdi.
Turning boşqa uçraşuvlarida «Borussiya»Myonxengladbax «Augsburg»ni yenga olmadi (2:2), «Volfsburg» «Ayntraxt» uyidan Didavining goli evaziga ğalaba bilan qaytdi (1:0), «Ştutgart» öz maydonida «Maynts» ustidan ğalabaga erişdi.
Germaniya çempionati, 2-tur
Verder – Bavariya 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – 72 Levandovski, 0:2 – 75 Levandovski.
Verder – Pavlenka, Bauer, Sane, Augustinsson, Velkoviç, Bartels (Eggeştayn, 84), Gondorf (Kaynts, 76), Dileyni, Eggeştayn (Bargfrede, 76), Gebre Selassiye, Kruze.
Bavariya – Noyyer, Hummels, Zyule, Alaba, Kimmix, Tolisso, Vidal (Rudi, 85), Alkantara, Robben (Koman, 64), Riberi (Myuller, 73), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Eggeştayn (32), Vidal (60).
Bayyer – Hoffenxaym-1899 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 32, penalti Vendell, 1:1 – 47 Kramariç, 2:1 – 49 Belarabi, 2:2 – 70 Ut.
Bayyer – Leno, Ta, Vendell, Xenrixs, Belarabi, Bender, Kor, Arangis, Brandt (Beyli, 71), Mexmedi (Kissling, 77), Folland (Ramalo, 77).
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Tolyan, Xyubner, Biçakçiç, Fogt, Amiri (Grilliç, 71), Rupp (Demirbay, 46), Tsuber (Kaderjabek, 57), Kramariç, Ut, Vagner.
Ogohlantirişlar: Fogt (18), Belarabi (28), Biçakçiç (31), Vendell (89).







