Ehtimol, siz ötgan yozda Pol Pogbaning «Mançester Yunayted»ga ötişini megatransfer sifatida qabul qilgansiz. Neymarning «PSJ»ga ötişi bilan siz endi bunday fikrlamay qöyganingiz aniq. Parij klubi Pogbaga tölangan rekord qiymatni birdaniga 2 barobarga oşirib, braziliyalik uçun 222 mln yevro töladi. «Barselona» esa bu pullarni qayerga işlatişni köp ham öylab ötirmay, yirikligi böyiça tarixdagi 2-raqamli transferni amalga oşirdi va Dortmundning «Borussiya»sidan Usmon Dembeleni xarid qildi. Bu borada Angliya premer-ligasi ham ortda qolmaslikka harakat qilmoqda.

Quyida futbol tarixidagi 15 ta eng qimmatbaho transfer reytingi keltirilgan. Reyting past körsatkiçdan yuqori körsatkiç tomon tuzilgan.

15. Kaka, 2009 yil, «Milan» (futbolçining avvalgi klubi) – «Real Madrid» (yangi klubi), 65 mln yevro

Foto:Gettyimages.ru/Denis Doyle

14. Zlatan Ibrohimoviç, 2009 yil, «Inter» – «Barselona», 69.5 mln yevro

Foto:Alexander Hassenstein/Bongarts

13. Zinedin Zidan, 2001 yil, «Yuventus» – «Real Madrid», 73,5 mln yevro

Foto:Laurence Griffiths

12. Kevin De Bryuyne, 2015 yil, «Volfsburg» – «Mançester Siti», 74 mln yevro

Foto:Global Look Press/imago sportfotodienst

10-11. Xames Rodriges, 2014 yil, «Monako» – «Real Madrid», 75 mln yevro