Bugun, 27 avgust kuni Angliya premer-ligasining 3-tur uçraşuvlari doirasida «Liverpul» «Arsenal»ni qabul qiladi. Uçraşuv «Enfild»da Toşkent vaqti bilan 20:00da boşlanadi.

Bu ikki jamoaning öyinlari hamişa gollarga boy bölgan. Bugun Yurgen Klopp ham, Arsen Venger ham hujumkor öyin uslubi qöllaşi aniq.

«Liverpul»
Mersisaydliklar ayni vaqtda Angliyada eng kuçli hujum çiziğiga ega jamoalardan biri bölib turibdi. Kloppning yozdagi xaridi Muhammad Saloh, Firmino, Mane va Solanke har qanday raqib himoyasini bosim ostida uşlab tura oladi.

Klopp öyin uslubini özgartirmaydi, bu öyinda ham uning şogirdlari qattiq pressing uyuştirişadi. Ayni vaqtda bu jamoaning himoyasi kuçsizligi haqida köp gapirişmoqda, ammo statistika buning aksini körsatadi, axir jamoa ötgan mavsumda eng kam gol ötkazgan jamoalar qatorida böldi.

Klopp şogirdlari YeÇL yöllanmasi uçun «Hoffenhaym»ga qarşi ötkazgan öyinlarda ham himoyada yaxşi harakatlandi.

Angliya birinçiligining yangi mavsumini esa «Liverpul» «Uotford»ga qarşi durang bilan boşladi — 3:3. Bu öyinda oxirgi daqiqalarda ğalaba qöldan çiqarildi. Ikkinçi turda esa Klopp şogirdlari «Kristal Pelas» bilan öynadi va Manening goli evaziga ğalaba qozondi - 1:0.

«Arsenal»
Vengerning «töpçilari» keyingi vaqtlarda xarakter borasida muammolarga duç kelmayapti. Londonliklar jamoasi yangi mavsumda ilk sovrinni qölga kiritib bölişgan. «Kanonirlar» Angliya Superkubogi uçun «Çelsi»ga qarşi keçgan bahsda hisobda ortda qola turib, yakunda ğolib çiqdi. Angliya çempionatining birinçi turida esa «Arsenal» «Lester» bilan öyinda iroda körsatdi — 4:3. Ammo londonliklar klubi ötgan turda «Stok Siti» maydoniga safar qilib, öyinda ustunlik körsatgan bölsada, omadsizlikka yuz tutdi — 0:1.

Arsen Venger şogirdlari öyinlarda nazoratni qöliga olmoqda, raqiblarga ustunlik ötişiga yöl qömayapti, ammo vaziyatlardan foydalanişda oqsoqlikka yöl qöyilmoqda. Şunday tasavvurlar tuğiladiki, «Arsenal»da raqibni taslim etiş rejasi bölmaydi. Jamoa «tulkilar» bilan öyinda Remsi va Jiru maydonga tuşişidan keyin uyğongandi, ammo «kulollar» jamoasi bilan öyinda taktik özgarişlar foyda bermadi.

Ikki klubda ham uşbu uçraşuv arafasida muhim öyinçilarning jarohat olişi kabi muammo yöq. Ammo ikki jamoada ham asosiy yetakçilar, «Liverpul»da Filippe Koutino, «Arsenal»da Aleksis Sançes oxirgi öyinlarda qatnaşmadi. Koutino ham Sançes ham yozgi transferlar yakuniga qadar jamoadan ketişi mumkin.

«Liverpul» öz uyida kuçli öyin körsatadi va bu jamoa 3 oçkoga ega çiqişi ehtimoli yuqori. Ammo mersisaydliklar jamoasida ayni vaqtda tiğiz grafik va bu futbolçilarning jismoniy holatiga ta'sir körsatmasdan qolmagan. YeÇLda qatnaşmayotgan «Arsenal» esa bu öyinda avvalgi uçraşuvlardagi xatolardan xulosa çiqargan holda harakatlansa, közlangan natijaga erişişi mumkin.

Statistika

Jamoalarning oxirgi 8 öyinidan 7tasida har ikki jamoa ham maydonni golsiz tark etmagan.

«Liverpul» «Arsenal»ga qarşi öz uyida ötkazgan oxirgi 28 uçraşuvidan faqat 2tasida mağlub bölgan.

Jamoalarning oxirgi 8 öyinidan 7tasida kamida 3ta gol urilgan.

Venger jamoasi Liverpulda oxirgi marta 2012 yil sentabrida ğalaba qozongan (0:2).

Taxminiy tarkiblar