Bugun, 27 avgust kuni Germaniyaning Hamburg şahrida boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasida uçinçi kun janglari bölib ötadi. Bugungi janglarda Özbekiston terma jamoasining yana 5 nafar vakili ringga çiqadi. Barça bahslar UzReport telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi.
-56 kg: Murodjon Ahmadaliyev (Özbekiston) - Qayrat Yeraliyev (Qozoğiston) (soat 18:25)
-64 kg: Iqboljon Xoldorov (Özbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya) (soat 19:15)
-91 kg: Sanjar Tursunov (Özbekiston) – Yara Peralta (Argentina) (soat 20:15)
-49 kg: Hasanboy Dösmatov (Özbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika) (soat 22:15)
-75 kg: Isroil Madrimov (Özbekiston) - Aziz Oçilov (Turkmaniston) (soat 23:15).
Musobaqaning birinçi va ikkinçi kunlarida ikki özbekistonlik birinçi janglarini ötkazdi. Dastlab 25 avgust kuni -91 kilogramm vazn toifasidagi Sanjar Tursunov nikaragualik Jyeffri Gonsalesga qarşi ringga kötarildi va 5:0 hisobidagi ğalabaga erişdi. U iştirokini 1-bosqiçdan boşlagandi.
26 avgust kuni esa -52 vazn toifasida Osiyo çempionligini qölga kiritgan holda Germaniyaga kelgan Jasurbek Latipov Puerto-Riko vakili Yankiel Riverani 5:0 hisobida mağlub etdi.







