Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Samarqand şahrida “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali va “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” xalqaro anjumanida iştirok etiş uçun mamlakatimizda bölib turgan BMT Jahon sayyohlik taşkiloti boş kotibi Taleb Rifaini qabul qildi.
Özbekiston Jahon sayyohlik taşkilotiga 1993 yilda a'zo bölgan. 2004 yildan Samarqand şahrida uşbu taşkilotning Buyuk ipak yöli böyiça mintaqaviy ofisi faoliyat yuritmoqda. Hamkorlik natijasida ötgan davrda Özbekistonning turizm sohasidagi salohiyatini röyobga çiqariş hamda jahon turizm bozorida tarğib qilişga qaratilgan önlab muhim loyihalar amalga oşirildi.
Uçraşuvda turizm sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaşning istiqbolli yönalişlari muhokama qilindi.
Özbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi böylab sayohatlarni ommalaştiriş böyiça özaro muvofiqlaştirilgan çora-tadbirlar köriş, turizmning yangi turlarini rivojlantiriş va xaridorgir turizm mahsulotlari işlab çiqiş, xalqaro andozalarga javob beradigan zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Taleb Rifai Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uçun çin dildan minnatdorlik bildirdi hamda Özbekistonda turizm sohasini iqtisodiyotning strategik tarmoği sifatida rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.
Rifai Jahon sayyohlik taşkiloti Özbekistonda turizmni rivojlantirişga doir dastur va loyihalarni faol qöllab-quvvatlaş va ularda iştirok etişga tayyor ekanini ta'kidladi.












