Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi mehnat faxriysi Ismoil Hakimoviç Jörabekov «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Qayd etilişiça, orden “mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaş, uning iqtisodiy qudratini yuksaltiriş işlariga qöşgan munosib hissasi, yurtimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlardagi faol iştiroki, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta'minlaş borasidagi köp yillik fidokorona mehnati, jamiyatimizda millatlararo döstlik va totuvlikni qaror toptiriş hamda yoş avlodni vatanparvarlik va istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaşdagi katta xizmatlari uçun” berilgan.

Ma'lumot uçun, Ismoil Jörabekov Özbekiston hukumatida uzoq yillar davomida yuqori lavozimlarda işlagan. Xususan, Jörabekov boş vazir örinbosarining birinçi örinbosari – qişloq xöjaligi vaziri (1994-1998 yillar), Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi (agrar masalalar böyiça, 2000-2004 yillar) bölib mehnat qilgan.

Mirziyoyev işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi