28 avgust kuni Amerikaning Nyu-Meksiko ştatidagi Klovis şahrida joylaşgan kutubxonada otişma röy berdi. Voqea natijasida 2 kişi halok böldi, 4 nafari şifoxonaga yotqizildi. Huffingtonpost şu haqida xabar berdi.
Yonğin xizmati rahbari Maykl Nolenning ma'lum qilişiça, jinoyat sodir etişda gumon qilinayotgan bir kişi qölga olingan. Kutubxona direktori Vanessa Agirrning sözlariga köra, noma'lum erkak kelib, havoga qarata öq uza boşlaganida u öz öğli bilan Klovis-Karterdagi ommaviy kutubxonada bölgan.
Kutubxona xodimlari voqea böyiça izoh bera olişmagan.
Klovis 40 ming aholiga ega şaharça bölib, u Albukerke şarqidan 306 km masofada, Texas çegarasi yaqinida joylaşgan. AQŞ Harbiy havo kuçlarining Kennon aviabazasi ham şu yerda joylaşgan.








