Britaniyaning Aston Martin avtomobilsozlik kompaniyasi Birlaşgan Qirollik va Yaponiya örtasida 500 mln funt sterlinglik savdo va investitsiya bitimi tuzilganini e'lon qildi. 

Qimmatbaho avtomobillar işlab çiqaruvçi kompaniya keyingi yilda Yaponiyaga eksportni oşirişi, u yerda bir qator yangi ofislar oçişi va dilerlik tarmoğini kengaytirişini ma'lum qildi. Ta'kidlanişiça, 5 yilga tuzilgan bitim kompaniyaning Britaniyadagi zavodlariga ançagina foyda keltiradi.

Bitim şartlariga köra, kompaniyaning St Athan va Gaydon zavodlaridan eksport yangi sport avtomobillari işlab çiqarilişi va kompaniyaning ilk töliq privodli yöltanlamasi çiqarilişi hisobiga oşiriladi.

Bundan taşqari, Britaniya Yaponiya kompaniyalari, jumladan  Bridgestone, Denso, Mitsubishi va Yazaki’dan avtomobil ehtiyot qismlarini sotib olişni 70 mln funt sterlingdan köproq qiymatga oşiradi. 

Şuningdek, bitimda kompaniyaning Tokiodagi global brend-markazi, Yaponiyadagi yangi boş qarorgohiga va dilerlik tarmoğining yanada rivojlanişiga investitsiyalar kiritiş közda tutilgan. 

Bitim haqida 30 avgustda Aston Martin’ning boş ijroçi direktori va prezidenti Britaniya boş vaziri Tereza Meyga hamrohlik qilayotgan delegatsiyaning Yaponiyaga taşrifi vaqtida e'lon qildi. 

Mey hozirda Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişi xususida Yaponiyaning xavotirini kamaytirişga va u bilan savdo muzokaralarini faollaştirişga intilmoqda.

“Biz Yevropa Ittifoqini tark etişga tayyorlanayotganimiz sababli, döstlarimiz va ittifoqdoşlarimiz bilan mavjud aloqalarga tayanişimiz hayotiy muhim masaladir. Aston Martin Buyuk Britaniya faxrlanadigan, innovatsion va jahonning yetakçi kompaniyasiga yorqin misoldir va ular bu muhim savdo missiyasida bizga qöşilganlaridan mamnunman”, deb aytgan Mey.