1990 yilning 14 mayida Amerikaning Forbes jurnalida Riçard Stern va Jon Konnoli hammuallifligida Donald Trampning moliyaviy qiyinçiliklari haqidagi maqola çop etilgan.

"Köçmas mulk bozoridagi iqtisodiy tanazzul va kazino bilan boğliq muammolar Donald Trampga ikki karra zarba berdi. Bundan keyin uning şaxsiy kapitali atigi yarim milliardni taşkil qilişi, aktivlari esa  past darajali likvidlikka ega bölişi mumkin edi. Bu 3 million dollardan ortiq qarzi bor odam uçun u qadar yaxşi emas.

Trampning qança puli bor? Bu nafaqat Trampning turmuş örtoğini, balki uning köp sonli kreditorlarini ham qiziqtiradi. Spekulyatsiya va Trampning afsonaviy şaxsiga befarq bölmagan jamoatçilik bu sirni bilişga uriniş jarayonida zavq oladi. Işonçimiz komilki, uning şaxsiy kapitali allaqaçon 3 milliard dollardan oşgan (Business Week uç yil ilgari şunday ma'lumot bergandi) va bizning 1989 yildagi hisob-kitoblarimizga nisbatan ança kamaygan (Öşanda Forbes uning moliyaviy holatini 1,7 milliard dollarga baholagan).

Forbes Trampning davlat organlariga yöllagan hujjatlari bilan tanişişga muvaffaq böldi. Ular orasida aktiv va passivlar röyxati bilan birga 1989 yil 31 may ma'lumotlari ham bölgan. Biroq bu yil hujjatlar qatoriga dolzarb operatsiyalar haqidagi ma'lumotlar ham qöşilgan. Ma'lum bölişiça, qarz va ipotekalar olib taşlansa, Donald Trampning şaxsiy kapitali 1,5 milliard dollarni taşkil qilar ekan. Biroq biz haqiqiy raqamlar bundan yiroq deb öylaymiz. Nima uçun? Uning hatto köçmas mulkni sotiş borasidagi noyob iste'dodiga ham qaramay, fakt faktligiça qoladi: sönggi ikki yilda deyarli barça köçmas mulklar narxi pasaydi.

Tramp kabi uzoqni köra biluvçi kişi uçun bundan-da yomoni - premium toifali köçmas mulk narxini oşirişni töxtatişga töğri kelişida. U boşqa bu köçmas mulkni qayta baholaş hisobiga pul işlaşga umid qila olmaydi va doim köçmas mulk sotuvlaridan tuşadigan daromaddan oşuvçi foizlarni yopiş uçun uzluksiz xarajatlarni qoplaşi mumkin. Bundan taşqari, Forbes Trampning 1989 yilgi deklaratsiyalarda şaxsiy mulk sifatida keltirilgan ba'zi aktivlari bahosi öşandayoq "haqiqatdan yiroq darajada optimistik" deb hisoblaydi.

Biz köçmas mulk obektlari röyxatini yangiladik va ularning orasidan bozor narxi 3,7 milliard dollardan oşmaydiganlarini aniqladik, ularning realizatsiyasi esa qariyb 3,2 milliard dollarlik qarz tufayli qiyinlaşadi. Bizning hisob-kitoblarimiz töğri bölsa (biz ularni ança obektiv deb hisoblaymiz), u holda Donald Tramp 500 million dollarga ega böladi. Trampning tasarrufida katta aktivlar bormi? Ha. Ular qarzlardan oşadimi? Bu boşqa savol.