Singapur prezidenti Toni Tan 31 avgst kuni rasman vakolatlaridan iste'fo berdi. U olti yil davlatni boşqardi. Yangi davlat rahbari saylovi 23 sentabrda bölib ötadi. Unda 3 nafar nomzod iştirok etadi.

77 yoşli siyosatçi Singapur eng yangi tarixidagi 7-prezident böldi. U 2011 yilgi saylovlarda ğalaba qozongan edi. Öşanda, birinçi marta prezidentlik uçun bir neça kişi da'vogarlik qilgandi. Bungaça prezidentlik saylovlari muqobil nomzodlarsiz bölib ötar edi. Toni Tan turli yillarda boş vazir örinbosari, mudofaa vaziri, Davlat investitsiya korporatsiyasi (GIC) ijroçi direktori lavozimlarida işlagan.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, şahar-davlatda prezident hokimiyati çeklangan, mamlakatni amalda boş vazir boşqaradi. Davlat rahbari byudjyet loyihasiga veto qöyiş, hukumat lavozimlariga tayinlaş, sudlangan jinoyatçilarni avf etiş huquqiga ega hamda mamlakat oltin-valyuta zaxiralari himoyaçisi hisoblanadi. Hukumat qarorlari kamdan-kam hollarda muhokama qilinadi.