Özbekiston terma jamoasi 31 avgust kuni Jahon çempionati saralaş bosqiçi doirasida Xitoy terma jamoasiga qarşi ötkazilgan va 0:1 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan uçraşuvdan söng 1 sentabr  kuni Toşkentga qaytib kelişgan. Terma jamoa futbolçilari bilan bir samolyotda kelgan yölovçilar ijtimoiy tarmoqlarda joylayotgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalar mavzusiga aylandi.

Bu suratlarda Xitoydan mağlub bölgan terma jamoa futbolçilari va murabbiylar ştabi a'zolari heç narsa bölmagandek samolyot bortida karta öynab ötirişganini köriş mumkin.

Samolyotda bölgan futbol işqibozlardan biri karta öynab ötirgan futbolçilar suratiga «Mana futbolçilarimiz asl ahvoli», deya izoh bergan.

Ayni vaqtda futbol muxlislari bir ovozdan bu holatni keskin qoralamoqda.

Bu vaqtda esa internetda Toşkentga şu kuni uçgan Janubiy Koreya terma jamoasi samolyotidan surat paydo böldi. Unda koreyaliklar murabbiylari samolyot bortida ham Özbekiston terma jamoasining Xitoyga qarşi öyinini tahlil qilib ketayotgani körinadi.

Quyidagi surat esa Neymarning Instagramdagi sahifasidan.

Unda ham braziliyalik futbolçilar qarta öynaşmoqda. Ammo ularga heç kim heç narsa demayapti. Çunki, ular maydondagi işni qoyillatib qöyişgan va navbatdagi raqibni ham mağlub qilişgandi.