Italiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon çempionatiga saralaş öyinlarining Yevropa mintaqasida yettinçi turni ispanlarga qarşi ötkazib, mağlub böldi.

Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida keçgan uçraşuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Şu tariqa, italyanlar 11 yil içida ilk marta xalqaro turnirlarga (Jahon çempionati yoki Yevropa çempionati) saralaş öyinlarida mağlub böldi. «Skuadra adzurra» oxirgi marta 2006 yilning 6 sentabrida  Yevro-2008 saralaşi doirasida Fransiyaga yutqazgandi (1:3). Şundan keyin Italiya terma jamoasi 56 uçraşuvni mağlubiyatsiz ötkazdi.