Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husaynga tegişli bölgan va 2003 yilda AQŞning Iroqqa bostirib kirişi vaqtida öğirlangan qadimiy şaxmatlar Iroqqa qaytarildi. Bu haqda Al Sumaria telekanali xabar bermoqda.

Şaxmat Iroqqa AQŞning Bağdoddagi elçixonasi tomondan topşirilgan.  

Ma'lum qilinişiça,. Amerikalik diplomatlar qadimiy buyumni Iroqqa qaytariş uçun Iroq madaniyat va qadimiyliklar vaziri örinbosari Qays Raşid bilan uçraşganlar. “Saddam Husayn şaxmati 2003 yilda öğirlangan va FQB sa'y-harakatlari bilan topilgan. AQŞ Iroqda öğirlangan qadimiy buyumlarni qaytarişda yordam berişga intilmoqda”, deb aytilgan elçixona bayonotida. 

Şaxmat yoğoçdan işlangan va tilla suv yugurtirilgan, yarim qimmatbaho toşlar bilan bezalgan naqşinkor şaxmat taxtasidan iborat. Şaxmat donalari esa tillarang va kumuşrang metallardan yasalgan va nayza, qiliç va qalqonlarga ega jangçilar körinişida işlangan. Suratlarga köra, donalarning asosi feruza yoki marvarid bilan bezalgan. Şunisi ma'lumki, şaxmat Husayn saroyidan öğirlangan. U şu barça yillar qayerda saqlangani va qanday qilib qaytarilgani ma'lum qilinmagan.

AQŞ Iroqqa bostirib kirgandan keyin Iroqdagi qadimiyliklar saqlanadigan joylar ommaviy tarzda talangan. Bağdod milliy muzeyining özidan qiymatini baholab bölmaydigan minglab eeksponatlar yöqolgan. Husayn saroylarida saqlangan önlab qimmatli sovğalar öğirlangan. Nafaqat muzeylar, balki masjid, çerkov va köplab arxeologik qazilmalar joylari ham talangan. Hukumatning hisob-kitoblariga köra, 2003-2004 yillarda Iroqdan 130 mingta madaniy-tarixiy buyum olib çiqib ketilgan. Ulardan aksariyati AQŞda bölib, Iroqqa bir qismigina qaytarilgan.

Iroqda tarixiy meros buyumlarining talon-taroj qilinişi Iroqning katta qismini 2014 yilda IŞID egallab olgandan keyin davom etgan. Jangarilar Iroq san'at asarlarining noqonuniy bozorlarga boş “yetkazib beruvçilari”ga aylanganlar. Köplab qadimiy asori-atiqalar, arxitektura yodgorliklari, haykallar va ibodatxonalar jangarilar tomondan yöq qilib taşlangan va abadulabad Yaqin Şarq qadimiyliklari xaritasidan yöqolgan.