Har qanday oshxonaga to‘g‘ri keluvchi LG STUDIO to‘plami yanada ko‘p variantlarda taqdim etildi
LG Electronics (LG) kompaniyasi Berlindagi IFA 2017 ko‘rgazmasida o‘rnatma maishiy texnikaning yanada ko‘p variantdagi oshxonalarga to‘g‘ri keluvchi kengaytirilgan modellari qatorini namoyish qiladi. LG bugungi kunda iste'molchilarning o‘z oshxonasi dizaynini yaratish va jihozlanish jarayoniga tobora faol jalb qilinayotganini inobatga olib, ikki xil o‘lchamli, turli xil uslubiy variantlardagi o‘rnatma maishiy texnika kolleksiyasini taklif qiladi. LG kompaniyasi nafis dizaynli oshxona jihozlarini ishlab chiqarishda eng yangi texnologiyalarni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtiradi, shuning uchun ular mavjud kenglikdan samarali foydalanish imkonini berib, har qanday oshxona intereriga mukammal mos keladi.
Shimoliy Amerika uchun LG STUDIO to‘plami dog‘ tushishiga chidamli zanglamaydigan po‘latdan ishlangan qora qoplamasi bilan tanilgan. Bu texnika qatori 30 dyuymli (76 sm) elektr pech, 36 dyuymli (91sm) induksion qaynatuvchi panel, keramika yoki gaz plitasi, issiqlik va hid tortgich, 24 dyuymli (60sm) QuadWash™ idish yuvish mashinasi va keng 42-dyuymli (106 sm) Side-by-Side muzlatgichini o‘z ichiga olgan.

Yevropaning eng yangi LG STUDIO kolleksiyasi iste'molchilarga o‘ziga xos sharoitda taom tayyorlash, ovqatlanish va idish yuvish imkonini beradi. Tez qaynatish, qovurish va dimlash — LG'ning 7,4 k Vt (bunday turdagi maishiy texnika uchun eng yuqori ko‘rsatkich) issiqlik energiyasini ishlab chiqarishga qodir o‘rnatma induksion paneli uchun bularning hech biri qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomatik "tanish" funksiyasiga ega boshqa panellar faqatgina bir idishni "taniydigan" bir paytda LG'ning induksion qaynatma paneli 4 tagacha kastryul yoki tovani avtomatik ravishda "taniy oladi". O‘zgaruvchan isitish zonalari iste'molchiga bir vaqtning o‘zida yirik idishda bir necha taomni tayyorlash imkonini berib, qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. O‘rnatma pechlarda idishlarni joylashtirishning olti darajasi ko‘zda tutilgan, EasyClean qoplamasini tozalash shu qadar osonki, foydalanuvchilar ularni tartibga keltirishi uchun ko‘p vaqt sarflab o‘tirishmaydi, ular shunchaki mazali taomni iste'mol qilib zavqlanishlari mumkin.









