Farğona viloyatining Yaypan şahrida bir oşxona borki, ovqat narxining arzonligi böyiça Özbekistonda yagona desa ham böladi. Bir kosa palov bor-yöği 8 ming söm. Şakarob, non va çoyi bepul. Bir kosa şörva esa non va çoyi bilan atigi 10 ming söm. Taomlari arzonligidan bedanalar sayrab turadigan şinam va fayzli tamaddixonadan odam arimaydi. Ba’zi vaqtlari mijozlar köpligidan böş joy topib bölmaydi. Yemakxonaga bir kunda 3 mahal keladigan odamlar ham bor.

Mö’jazgina oşxonani 40 yillik oşpaz Qurbonali Töxtaboyev oçgan. Oilada 12-farzand bölgan Qurbonali aka avvaliga özi yaşaydigan xonadonda iş boşlagan. Mijozlari köpayib ketgaç, avtoşohbekat qarşisidan ijaraga joy olib, yangi binoga köçadi. Tez orada narxi arzon va ança maşhur bölgan oşxona el oğziga tuşadi. Bir kosa oş bundan 8 yil avval 3,5 ming söm bölgan ekan.

Qurbonali Töxtaboyev

“Köpçilik guruç, yoğ, sabzi qimmatlab ketdi, nega oş narxini kötarmadingiz, deb köp söraşadi. Bugun qimmatlagan mahsulot narxi qaçondir tuşib qolar, deb ovqatlarim narxini kötarmaganman, kötarmayman ham. Bozordagi narx-navoning kötarilişi men uçun ahamiyatsiz.

Ozgina topganim barakali. 1 kg sabzi narxi 16 ming sömga çiqqanida ham oş narxini kötarmadim. Işçilarimning uyida qora qozoni qaynayapti. Odamlarni rozi qilsam deyman. Eng muhimi şu. Kimdirda bor pul boşqalarda yöq bölişi mumkin-ku.

Arang rözğor tebratayotganlar ham bordir? Buni odamlarning yuzidan öqib olaman. Allohga şukrki, 8 minglik oşimdan yeb odamlar duo qilib ketişadi. Şuning özi men uçun katta narsa.

Işimni juda yaxşi köraman. Turmuş örtoğim ham men bilan birga işlaydi. Işçilarimga maoş, oşxona egasiga ijara haqi tölayman. Umuman jami xarajatlardan taşqari bir-ikki söm daromad ham topaman. Köpçilik oşxonamizni atrofdan eşitib, narxlariga işonqiramay atay körgani kelişib, oşimizdan yeb ketişadi. Faoliyatim tufayli köpçilik taniydi, hurmat qiladi.