Ikki kamerali smartfonni qölga kiritişni istaganlarning hammasida ham eng zamonaviy xomaşyodan işlangan flagman modelini xarid qiliş imkoni yöq. Boz ustiga, şişa korpus, maksimal imkoniyatlar jamlangan superaniq ekran va boşqa xususiyatlar uçun qöşimça tölov kiritiş hammaga ham ma'qul kelavermaydi. Biroq heç qaysi kompaniya öz xaridorlarini yöqotgisi kelmaydi, şu jumladan ikki asosiy kamerali Galaxy J7+ smartfonini taqdim etgan Samsung ham. Mobil bozori yetakçilaridan birining yangi qurilmasi Xitoy brendlarining bozorga çiqib ulgurgan muqobillariga, ayniqsa yaxşi natijalarga erişayotgan Xiaomi'ga raqobatçi bölişi kutilmoqda. 24gadjet şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi.
Samsung Galaxy J7+ smartfoni 5.5 dyuymli Super AMOLED-displey (1920 × 1080 pikselli Full HD), 2.4 GGts çastotali 8 yadroli protsessor, 4 Gb operativ va 32 Gb fleş-xotiraga ega.

Asosiy ikki kamera f/1.7 diafragmali 13 megapikselli modul va f/1.9 maksimal yoruğlik kuçiga ega yordamçi 5 megapikselli sensordan iborat. Frontal kamera f/1.9 apertura va LED-vspişkali 16 Mp'li datçik bilan jihozlangan. Yangi qurilmaga Galaxy Note 8 flagmanidan loyqa fon effektini yaratişga imkon beruvçi Live Focus (jonli fokus) funksiyasi ötgan.

Qurilmaning qolgan texnik xususiyatlari quyidagiça: simsiz tarmoq modullari - Wi-Fi b/g/n, Bluetooth 4.2 va NFC, GPS navigatsiyasi, LTE modemi. Ikki SIM-kartani qöllab-quvvatlaydi. Akkumulyator siğimi - 3000 mAs. Ekran ostidagi tugmaga barmoq izlari skaneri integratsiyalaştirilgan. Smartfon şuningdek Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi va Bixby ovozli yordamçisi bilan ta'minlangan.

Smartfon ölçamlari 152.4 × 74.7 × 7.9 mm'ni taşkil qiladi, oğirligi - 178 gr. Qurilma uç xil rangda taqdim etiladi: qora, puşti va tillarang. Yangi smartfon narxi - 390 dollar atrofida.


















