Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 21 aprel kuni Hazrati Imom majmuasida Islom madaniyati markazini taşkil etiş taklifini bildirgan edi. Prezidentimiz 1 sentabr kuni Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bölib, mazkur markaz loyihasi bilan yaqindan tanişdi.
Prezidentimiz davlat va jamoat taşkilotlari, musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan suhbatlaşdi. Suhbat asnosida Ş.Mirziyoyev şunday dedi:
«...maqomni yetkazib beriş bor. Qur'onning suralarini yetkazib beriş böyiça sizlar ham menga bir taklif bersalaringiz-da, avvalambor tumanlar içida birinçi örin uçun musobaqalaşiş, söng viloyat böylab musobaqa, undan söng respublikada şunday bir zör joyni tanlab, mana bunday ilohiy joylarni tanlab, musobaqa ötkazamiz. Qur'onni çin e'tiqod bilan qiroat qilib, odamlar lol qoladigan qilib, bolalarimizni bir tarbiya qilaylik. Suralarni maqomiga yetkazib qiroat qiliş — bu odamlarga şunaqangi ta'sir qiladiki, agar masjidlarimizda «tanlovda birinçi örinni olgan qori tilovat qiladi», deyilsa. Bilasizlarmi, özligimizni anglaş nuqtai nazaridan, buning ham ostida juda katta ma'no bor. Bu ham ma'naviy tarbiyamizning bir bölagi».











