Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi.
«Kun.uz»ning vazirlikdagi manbasi ma'lumot berişiça, vazir lavozimiga Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 4 sentabrdagi farmoniga muvofiq, şu vaqtgaça Xorazm viloyatiga hokimlik qilib kelgan Pölat Bobojonov tayinlandi.
Pölat Bobojonov IIV rahbari lavozimiga joriy yil boşidan buyon vazir bölib işlab kelgan, bugundan yangi Mudofaa vaziriga aylangan Abdusalom Azizov örnida iş boşlaydi.
Pölat Bobojonov 2012 yildan Xorazm viloyatiga hokimlik qilayotgandi.

U 2005—2006 yillarda Boş prokuraturaning Soliq va valyuta jinoyatlariga qarşi kuraşiş departamenti boşliği, 2000—2005 yillarda esa Özbekiston boş prokurori örinbosari bölgan.
2006—2011 yillarda Jizzax viloyatida prokuror sifatida işlagan.
2011 yilda bir muddat hokimning birinçi örinbosari, ungaça esa — Buxoro viloyati prokurori bölgan.







