Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Myanma taşqi işlar vaziri va davlat maslahatçisi Aun San Su Çji bilan uşbu mamlakatdagi musulmonlar bilan boğliq vaziyatni muhokama qildi, deb xabar qilmoqda Anadolu axborot agentligi. 

Turkiya davlat rahbarining qayd etişiça, Myanmaning Arakan viloyatidagi rohingya musulmonlarining huquqlari poymol etilişi butun dunyoda, ayniqsa Islom davlatlarida çuqur taşviş uyğotmoqda. 

Siyosatçilar inqirozga barham beriş va uşbu mintaqa aholisiga gumanitar yordamlarni yetkazişni taşkil etiş masalalarini ham muhokama qilişdi. 

Erdöğanning ta'kidlaşiça, Turkiya terrorizmning har qanday körinişini, şuningdek, tinç aholiga qarşi qaratilgan harbiy amaliyotlarni birdek qoralaydi. Prezident Myanmadagi hozirgi vaziyat gumanitar inqirozga olib kelişi mumkinligidan xavotir bildirdi. 

Uning aytişiça, rasmiy Anqara muammoga barham beriş böyiça barça çoralarni qöllab-quvvatlaydi, şu bilan birga, özaro nomutanosib kuç işlatişdan tiyilişga hamda tinç aholini himoya qilişga çaqiradi.