2017 yil 3 sentabr kuni soat 15:00 larda Toşkent şahar IIBB va uning tizimlarida xizmat olib borayotgan xodimlar tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, Uçtepa tumanida joylaşgan “Nazarbek” blok-postida Toşkent viloyati hududidan Toşkent şahri hududiga piyoda harakatlanib kelayotgan, 1987 yilda tuğilgan M.F.M. töxtatilib tekşirildi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB. 

Tekşiruv davomida F.M.M. Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismida körsatilgan (firibgarlik) jinoyatini sodir etganligi uçun unga nisbatan 2017 yil 17 avgust kuni Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan qidiruv e'lon qilinganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.