Rossiya Içki işlar vazirligining qidiruv bazasida 20-avgust kuni FAZ jurnalisti Mixael Martens haqidagi ma’lumot paydo böldi.
Vazirlik bazasida jurnalist Rossiya Jinoyat kodeksi moddasi böyiça qidirilayotgani körsatilgan, biroq aynan qaysi modda ekani oçiqlanmagan.
Avvalroq Rossiya OAV huquqni muhofaza qiluvçi organlardagi manbalariga tayanib, Martensga nisbatan nafrat yoki adovat qözğatiş ayblovi sirtdan qöyilganini xabar qilgan edi. Gap Rossiya Jinoyat kodeksining 282-moddasi 2-qismi haqida borayotgani aytilgan.
Şuningdek, tergov yaqin vaqt içida suddan jurnalistni sirtdan hibsga olişni söraşni rejalaştirayotgani xabar qilindi.
Belgraddagi savol mojaroga sabab böldi
Jinoiy işga 8-avgust kuni Belgradda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iştirokida ötkazilgan qöşma matbuot anjumanidagi holat sabab bölgan.
Matbuot anjumanida Martens Zelenskiydan ingliz tilida yevropaliklar Ukrainaga «köproq rossiyaliklarni öldiriş» uçun qanday yordam berişi mumkinligini söragan. Jurnalist darhol öz gapiga aniqlik kiritib, «albatta, rossiyalik askarlarni», deya qöşimça qilgan.
Savol Ukraina Qurolli kuçlari arsenalini qanday kengaytiriş va Rossiyani muzokaralarga undaş mumkinligi haqidagi muhokama paytida berilgan. Martensning ifodasi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiçning ham hayratiga sabab bölgan.
FAZ matbuot kotibi jurnalist aslida ekspertlar örtasida muhokama qilinayotgan - Rossiya armiyasi uçun şaxsiy tarkib bilan boğliq qiyinçiliklarni qanday yuzaga keltiriş va şu orqali Moskvani tinçlik muzokaralariga undaş mumkinligi haqidagi masalani nazarda tutganini tuşuntirgan.
FAZ savol «noaniq» yangraganini tan oldi
FAZ tahririyati jurnalistning savoli yuzasidan afsus bildirib, uning ifodasi «noaniq» yangraganini qayd etgan. Gazeta tahririyati Rossiya harbiylarini imkon qadar köproq öldirişga çaqirmasligini ta’kidlagan.
Şu bilan birga, FAZ Ukraina xalqaro huquq bilan kafolatlangan özini özi mudofaa qiliş huquqiga ega ekanini qöllab-quvvatlaşini va Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini imkon qadar tezroq tugatiş tarafdori ekanini bildirgan.












