Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari hamkorligida xalqaro qidiruvda bölgan S.A. Turkiya hududida aniqlanib, qölga olindi.

Rasmiy maʼlumotga köra, u ajratilgan kredit mablağlarini özlaştiriş va rastrata qiliş orqali talon-toroj qilib, davlat byudjetiga jami 5 mlrd söm zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.

S.A. Özbekiston Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik gumoni bilan xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Turkiyada qölga olingan şaxs Özbekistonga qaytarilib, tergov va boşqa protsessual harakatlarni davom ettiriş uçun vakolatli organlarga topşirildi.

Qayd etilişiça, Özbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari örtasida xalqaro qidiruvdagi şaxslarni aniqlaş va ularning javobgarlikdan qoçib yurişiga yöl qöymaslik böyiça hamkorlik davom etmoqda.

Gumonlanuvçining aybdor yoki aybsizligi sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan belgilanadi.