Mustaqil moliyaviy ekspert Aleksandr Davletov Uz24 caytiga bergan intervyusida uzoq kutilgan valyuta siyosatining liberallaştirilişi haqidagi qarorni izohlab ötdi va valyuta bozori kelgusida qanday rivojlanişi haqida gapirib berdi.

— 5 sentabrdan boşlab yuridik şaxslar joriy xalqaro operatsiyalar böyiça tölov uçun tijorat banklaridan çeklanmagan miqdorda xorijiy valyuta xarid qilişlari mumkin. Jismoniy şaxslar valyutani erkin sotişi va xarid qilişlari mumkin, faqat xarid qilingan valyuta xalqaro plastik kartalarga ötkazib beriladi. Fikringizça, aholi uçun nega töliq bölmagan konvertatsiya mexanizmi tanlandi?

— Birinçidan, keça e'lon qilingan farmon tarixiy ekanligini alohida qayd etmoqçiman. Yangi davrda hayotimizning turli jabhalariga oid köplab islohotlar boşlab berildi, lekin aynan valyuta sohasidagi özgarişlar avval boşlangan islohotlardan özdi va u özining mantiqiy yakuniga yaqinlaşmoqda. Oy sathiga ilk bor qadam taşlagan odamzod — Nil Armstrong özining maşhur gapini aytgan: «Bu insonning kiçik bir qadami butun insoniyat uçun ulkan qadam böladi». Milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi bilan ham şunga öxşaş holat yuz berdi. Biz mamlakatimizda erkin bozor taşkil etiş uçun ilk qadamni taşladik, biroq bu qadam keyingi va uzoq özgarişlar uçun öta muhim sanaladi.

Sizning savolingizga esa quyidagiça javob beraman: jismoniy şaxslarga xorijiy valyutani xalqaro plastik kartalarga ötkazib beriş yöli bilan sotişni aholi uçun çeklangan konvertatsiya, deyiş yaramaydi. Bu şunçaki texnik jihat. Ilgari — sotuvlarning hajmida ham, davriyligida ham çeklovlar amal qilgan, foydalaniş uçun turli mumkin va mumkin bölmagan limitlar örnatilgan vaqtda bu mexanizmni şunday ataş mumkin edi. Haqiqatdan ham öşa paytda xalq bunday konverison kartalarni «çala karta», deb atardi.

Lekin hozir vaziyat butunlay boşqaça. Xorijiy valyutani xarid qiliş va kartoçkaga tuşiriş hajmida ham, undan keyinçalik foydalanişda ham biror çeklov yöq. Xaridor faqat ilk bora konversion plastik karta oçayotganida bir qadar vaqt yöqotişi mumkin, keyingi konversion operatsiyalar bor-yöği 10–15 daqiqani oladi.

Bu, birinçidan, islohotlar avvalida çayqovçilik bosimini yöqqa çiqaradi, ikkinçidan — operatsiyalarning şaffofligini ta'minlaydi. Oradan biroz vaqt ötgaç, bozorning barça iştirokçilari yangi şaroitlariga könikib, muvozanat hosil bölgaç, jismoniy şaxslarga xorijiy valyuta naqd körinişda ham sotila boşlaydi. Lekin fikrimça, fuqarolarimiz öz tajribasida konversion kartalarning qulayligini sinab körişgaç, keyinçalik ularga konversion kartaga yoki naqd körinişda valyuta xarid qiliş imkoniyati taqdim etilganida ularning aksariyati aynan konversion kartalarni tanlaşiga şubha qilmayman, ya'ni pirovard natijada, baribir ularga tanlov taqdim etiladi.