Xiaomi kompaniyasi Google bilan hamkorlikda Android One byudjyet qatoridagi yangi smartfonini rasman taqdim etdi. Xiaomi Mi A1 nomini olgan qurilma Xiaomi Mi 5X'ni yodga soladi. Hi-Tech şu haqida ma'lum qildi. 

Xitoylik işlab çiqaruvçining yangi smartfoni metall korpus va iPhone 7 Plus'dagidek 12 + 12 Mp'li ikki flagman kameraga ega böldi. Suratni qayta işlaş uçun maşina algoritmlari qöllaniladi. Ikkilamçi optik zum mavjud.

Qurilma Xiaomi Mi 5X va Xiaomi Redmi Note 4 smartfonlaridagidek samaradorlikni ta'minlaydi. Yil oxiriga qadar qurilmaning Android 8.0 tizimigaça yangilaniş ehtimoli bor va u birinçilardan bölib Android P'ga ega böladi. Xiaomi Mi A1 smartfoni USB Type-C porti bilan jihozlanadi. 

Xiaomi Mi A1 smartfonining texnik xususiyatlari:

•    Ekran: 5.5", Full HD, IPS
•    Çip: Snapdragon 625;
•    Xotira: 4 GB - asosiy, 64 GB - içki;
•    Asosiy kamera: 12 + 12 Mp;
•    Frontal kamera: 5 Mp;
•    Batareya: 3080 mAs;
•    Tizim: OS Android 7.1.2.

Sana va narx

Qurilma ikki xil variantda işlab çiqarilişi mumkin. Uning 4+64 GB konfiguratsiyasi narxi taxminan 13 500 rublni taşkil qiladi. Smartfon 12 sentabrdan boşlab Hindistonda sotuvga çiqadi.