Britaniyalik Kevin Niks dunyoda ğildiraklarga örnatilgan eng tezyurar ombor qurdi. U antiqa omborni Şimoliy Yorkşirdagi Elvington aerodromi uçiş polosasida soatiga 155,8 km tezlik bilan harakatlantira oldi va özining avvalgi rekordini soatiga 13 km ga yaxşiladi. Uşbu holat tasvirlangan video YouTube’dagi Barcroft Cars kanalida joylaştirilgan.
Avvalboşdan Niks öz ombori tezligini 160 km/soat gaça eriştirmoqçi bölgan, biroq kuçli şamol va yomon ob-havo şaroiti bunga xalaqit qilgan.
Niks yurar omborini 2,8 litrli dvigatelga ega Volkswagen Passat negizida qurgan. Maşinaning kuzovi metall karkasga ega yoğoç ombor bilan almaştirilgan. Bu ikki tonnalik konstruksiya tez yura olişi uçun Kevin 200 ot kuçili, azot oksidi tizimiga ega motor örnatgan. Azot oksidi tizimi maşinaga qisqa vaqtga 275 ot kuçi beradi.
Ta'kidlanişiça, bu ombor davlat raqamlari va umumiy yöllardan foydalanişga ruxsat olgan tölaqonli transport vositasi hisoblanadi.












