Abu-Dabi apellyatsiya sudi avvalroq Dubayda qölga olingan britaniyalik talaba Metyu Xejyesni josuslik qiliş ayblovi bilan umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda “Al-Bayon” naşri ma'lum qildi.

Ma'lum qilinişiça, talaba BAAga qarşi josuslik qilişda va xorijga xavfsizlik sohasi bilan boğliq razvedka ma'lumotini berişda aybdor deb topilgan. 

Sud, şuningdek, undan tortib olingan barça elektron qurilmalar, materiallarni musodara qilişni buyurgan. Qonunga köra, sudlanuvçi hukm yuzasidan BAA oliy federal sudiga 30 kun içida şikoyat qilişi mumkin.

Darem universitetining 31 yoşli aspiranti Metyu Xejyes Dubay aeroportida 5 may kuni qölga olingan. U “arab bahori” haqida dissertatsiya yoziş bahonasi ostida Buyuk Britaniya hukumati uçun ma'lumot töplagan.

Politsiyaga britaniyalik haqida amirliklar fuqarosi xabar bergan. Ta'kidlanişiça, Xejyes undan maxfiy axborotni bilib olmoqçi bölgan.