Yuqoriçirçiq tumanida ona yangi tuğilgan çaqaloğini köçada qoldirib ketgan. Bu haqda Toşkent viloyati prokuraturasi xabar berdi.

“Erkak jinsiga mansub çaqaloq tumanning “Navoiy” mahallasi Ostona köçasida qoldirilgan sumka içida topilgan”, - deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida uşbu qilmişni sodir etgan 44 yoşli ayol kişining şaxsi aniqlangan.

Ma'lumotlarga köra, mazkur tumanda yaşovçi M.S. farzandini öz uyida dunyoga keltirib, ikki kundan söng uni köçadagi yaşaş uylari yonida qoldirib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) bilan jinoyat qözğatilgan, tergov harakatlari ötkazilmoqda.