Smartfonlarning hoşiyasiz dizayniga bölgan qiziqiş kompaniyalarni komponentlarni joylaştiriş bilan boğliq dadil qarorlar qabul qilişga undaydi. Ekran qurilmaning deyarli butun old panelini egallaganda, frontal kamerani qayerga köçiriş kerak deysiz? Qator işlab çiqaruvçilar ekrandagi öyma yordamida bu muammoni bartaraf qilişga qaror qilişdi: Essential Phone, taqdimoti kutilayotgan iPhone 8, şuningdek ma'lum bölişiça, Galaxy S va Note ham şunday ekranga ega bölar ekan. Hi-News şu haqida ma'lumot berdi.
Bugun tarmoqda paydo bölgan patent çizmalarining körsatişiça, Samsunğning yangi qurilmalari ekrani smartfonning eng yuqori burçagiga yaqinlaşadi, frontal kamera, dinamika va turli datçiklar uçun ajratilgan kiçik öymagina bundan mustasno. Öyma Essential Phone va iPhone 8 ekranlarini yodga soladi.

Ta'kidlaş joizki, patent Janubiy Koreyaga 2016 yilning may oyida, ya'ni ikki boşqa işlab çiqaruvçining loyihalari haqidagi ma'lumotlar paydo bölişidan ança oldin sotilgan. Aftidan, "buyuklar" haqiqatan bir xil öylaydigan körinadi. Zero Essential va Apple bunday xulosaga kelgan yagona kompaniyalar emas.
Umuman olganda, patent kompaniyaning bunday qurilma işlab çiqariş niyati borligidan dalolat berişi şart emas, çunki işlab çiqaruvçilar har qanday ğoyalarga patent berişga örgangan. Şunga qaramay, bunday ekran bilan jihozlangan Samsung smartfoni qanday köriniş olişi qiziq, albatta.











