AQŞning boş beysbol ligasi MLB’da iştirok etuvçi “Boston Red Soks” klubi öyinçilari raqiblari ortidan Apple Watch soatlari yordamida josuslik qilişgan. Bu haqda The New York Times naşri xabar berdi.
Taftişning aniqlaşiça, “Red Soks” öyinçilari raqiblari öyin vaqtida bir-birlariga qöl bilan bergan imo-işoralarni biliş va şu tariqa ustunlikka ega böliş maqsadida Apple Watch’dan foydalanişgan.
Bundan taşqari, “Nyu-York Yankis” klubining boş menejyeri Brayan Keşman Boston klubi murabbiylar ştabining xodimlaridan biri öyin vaqtida soatda translyatsiyani körayotgan videoyozuvni taqdim qilgan. Ta'kidlanişiça, u töp qanday otilişini bilişga imkon beruvçi imo-işoralarni körib olib, söngra öz öyinçilariga bu haqda aytib turgan.
Aytilişiça, MLB öyinçilarga raqiblari imo-işoralarini köz bilan körişni taqiqlamaydi, biroq buni telesurat yordamida qilişga ruxsat bermaydi.
Hozirça “Red Soks” bu qilmişi uçun qanday jazolanişi noma'lumligiça qolmoqda.












