2017 yil 5 sentabr kuni Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida yangi energetik ichimlik – Adrenaline Rush®ning tantanali taqdimot marosimi o‘tkazildi. PepsiCo O‘zbekiston kompaniyasi yangi ichimlik sotuvga chiqqanini ma'lum qildi.
Adrenaline Rush®– PepsiCo, Inc xalqaro korporatsiyasiga tegishli premium energetik ichimliklar savdo belgisi.
«Muvaffaqiyatingni haqiqiy kuvvati» shiori ostida ishlab chiqariladigan mazkur brend bir necha yillardan beri bozor reytingida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Adrenaline Rush® energetik ichimliklar bozorida 15 yillik muvaffaqiyatli savdo tarixiga egadir.
Mazali ichimlik 0,25 litr hajmli alyuminiy bankalarida yangi texnologiyalardan foydalangan holda «International Beverages Tashkent» MChJ QK ta'sisligida ishlab chiqariladi.

Ichimlikning tarkibi
Energetik ichimlik tarkibiga tetiklashtiruvchi ingrediyentlar, shuningdek, V gruppasiga mansub vitaminlar kiradi va ular insonning charchog‘ini kamaytirishga, asab tizimi hamda aqliy faoliyatni normal harakatlanishiga yordam beradi.
Eslatma!
Ichimlik tarkibida hech qanday xushboylashtirgichlar va bo‘yoqlar mavjud emas.

Taqdimot marosimida PepsiCo Markaziy Osiyo va Mongoliya bo‘yicha bosh direktori Aydar Turmuxambetov so‘zga chiqdi va tadbir mehmonlarini ichimlik bilan tanishtirib o‘tdi.

Yorqin musiqiy chiqishlar, ko‘ngilochar tomoshalar, quvnoq tanlovlar, kutilmagan sovg‘alar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, olovli adrenalin tomoshasi barchani hayratga soldi.




















