FIFA amaldorlari 6 sentabr, çorşanba kuni JÇ-2018 saralaşi Afrika mintaqasida Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal terma jamoalari örtasidagi öyin böyiça tarixiy qaror qabul qildi. 2016 yilning 12 noyabrida ötkazilgan va JARning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangan bu öyin natijasi bekor qilindi va öyin qayta ötkaziladigan böldi.

Bunga öyinni boşqargan ganalik hakam Jozef Lemptining xatosi sabab böldi. U birinçi bölim oxirida mehmon jamoa (Senegal) himoyaçisi qöli bilan öynagan, deb hisobladi va penalti belgiladi. Lekin bu vaziyat videosidan köriş mumkinki, töp qölga tegmagandi.

Mart oyida Lemptining qarori «öyin natijasiga ta'sir körsatuvçi harakat» sifatida baholangandi, arbitr umrining oxiriga qadar diskvalifitsiya qilingandi.

Lempti 42 yoşda bölib, u Afrikadagi yuqori saviyadagi hakamlardan hisoblanardi, 2015 yilgi Afrika Kubogida va 2016 yilgi Rio Olimpiadasida iştirok etgandi.

Janubiy Afrika – Senegal uçraşuvi 2017 yil noyabrida qayta ötkaziladi. D guruhida ayni vaqtda Senegal 3-örinda, bu jamoa Kabo-Verde va Burkina-Fasodan 1 oçko kam jamğargan. JAR oxirgi örinda, endi bu terma jamoada 4 emas, 1 oçko qolişi mumkin. Jahon çempionatiga guruhdan faqat bir terma jamoa yöl oladi.